"Xalq so‘zi" nashri veb saytinign xabar berishicha, Eron AQSH bilan davom etayotgan harbiy mojaroni Donald Trampning prezidentlik muddati tugagunga qadar choʻzish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi qoʻmondoni maslahatchisi Muhammad Rizo Naqdiy maʼlum qilgan.
Naqdiyning aytishicha, Tehron mojaroni uzoq davom ettirish orqali AQSHga har qanday hujum Eron uchun emas, balki Vashington uchun katta xarajatlarga olib kelishini namoyish qilmoqchi. U bu strategiyani “yoʻq qilish orqali tiyib turish” tamoyili bilan izohlagan.
Amaldorning taʼkidlashicha, mojaro qancha uzoq davom etsa, Eron AQSH harbiy kuchlariga qarshi kurashishda shuncha koʻp tajriba toʻplaydi. Shuningdek, Naqdiy Tehron gʻalaba qozonayotganini, Vashington esa strategiyasiz urush olib borayotganini qoʻshimcha qilgan.
Tahlilchilarning fikricha, mojaroning uzoq davom etishi jahon iqtisodiyotiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Xususan, strategik ahamiyatga ega Hoʻrmuz boʻgʻozida harakatlarning cheklanishi va neft narxlarining oshishi yoqilgʻi qimmatlashuviga olib kelishi ehtimoli bor.