120 daqiqadalik vazifa

11.09.2026 12:07 Dunyo 5031 ipaknews.uz

Sinxay-Sitszan temir yo‘lining ilk ayollar defektoskopiya brigadasi 2020-yilda tashkil etilgan. Brigada dengiz sathidan o‘rtacha 3800 metr balandlikda joylashgan Lxasa hududidagi temir yo‘l uchastkalariga xizmat ko‘rsatadi. Brigada tarkibida xan, tibet, xuey va tu millatlariga mansub, 1970-yillarda tug‘ilganlardan tortib 2000-yillarda tug‘ilganlargacha bo‘lgan turli avlod vakillari faoliyat yuritadi.

Ular yil davomida baland tog‘ sharoitida ishlaydi. Bu yerda kislorod yetishmasligi va haroratning keskin o‘zgarishlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Atigi 120 daqiqa davom etadigan qisqa tungi texnik "oynalar" vaqtida xodimalar og‘ir defektoskoplarni qo‘lda ko‘chirishadi, signallarni tahlil qilishadi va relslarning ko‘zga ko‘rinmaydigan ichki nuqsonlarini aniqlashadi.

Brigadada ustoz-shogird tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning yordamida barcha xodimalar kasb sirlarini o‘zlashtirib, mustaqil ravishda defektoskopiya ishlarini olib borish imkoniga ega bo‘lgan. Turli millat vakillari ish jarayonida ham, kundalik hayotda ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ularning ishi nihoyatda aniqlik va e’tibor talab qiladi. Chunki tekshiruv natijalariga temir yo‘lning baland tog‘li hududidagi poyezdlar harakati xavfsizligi bevosita bog‘liq.