2026-yilning yanvar-iyun oylarida jami 23 409 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Vyetnamga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 ming nafarga yoki 44,7 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha soni quyidagicha:
sayohat – 22 030 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 1 212 nafar;
davolanish – 157 nafar;
xizmat yuzasidan – 10 nafar.