O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan Sichuan provinsiyasi maʼmuriy markazi – Chendu shahrida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Sichuan Davlat aktivlarini nazorat qilish va boshqarish qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda mazkur provinsiyaning vazirlik va idoralari, yetakchi kompaniyalari, tarmoq uyushmalari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Taqdimot doirasida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan jozibador imkoniyatlar, maxsus iqtisodiy va sanoat zonalaridagi istiqbolli loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.