Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 193-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Adilxodjayeva Mohinaxon Ziyodullayevna sertifikatlar olib, muddatidan avval talaba boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu abituriyent qiz oʻzbek tilidan A+, tarix fanidan A, arab tilidan CEFR B2 (60 ball), matematikadan esa C+ darajadagi sertifikatlariga ega boʻlgan.
Mohinaxonning soʻzlariga koʻra, endilikda u hujjatlarini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga topshirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Qashqadaryoda xususiy maktablardan birining 11-sinf oʻquvchisi muddatidan oldin talaba boʻlgani haqida xabar bergan edik.