Oʻzbekistondagi tijorat tashkilotlari soni 440 mingdan oshdi

2026-yil 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 440,1 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mavjud tijorat tashkilotlarining 351,6 mingtasi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar boʻlib, jami tijorat tashkilotlarining 79,9 foizini tashkil etgan.

Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha tijorat tashkilotlari soni:

  • masʼuliyati cheklangan jamiyatlar — 351 586 ta (79,9 foiz);

  • xususiy korxonalar — 47 107 ta (10,7 foiz);

  • oilaviy korxonalar — 37 192 ta (8,5 foiz);

  • aksiyadorlik jamiyatlari — 644 ta (0,1 foiz);

  • boshqalar — 3 611 ta (0,8 foiz).