Kadastr agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Prezidentimizning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 11-iyun kuni Kadastr agentligida Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Unda Kadastr tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi vaziyat va oldinda turgan asosiy vazifalar tahlil qilingan. Shuningdek, yigʻilishda tashkiliy masala koʻrilgan.

Prezidentimizning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Sadriddin Turdiyev shu paytga qadar prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:

Fayzullayev Murat Muxtarovich — Kadastr agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

Xafizov Alisher Abduazizovich — Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga;

Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich — Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga;

Abdullayev Toʻlqin Mansurovich — Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga;

Abdushukr Hamidovich Abdullayev — Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Yigʻilish yakunida kadastr organlari mutasaddilari oldida turgan asosiy vazifalar belgilab berilgan.