2026-yilning yanvar aprel oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 454,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 489,5 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Meva-sabzavotlar eksport tarkibi boʻyicha taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich sabzavotlarga toʻgʻri kelib, 239,8 ming tonnani tashkil etgan.
Shuningdek, shu yilning dastlabki toʻrt oyi mobaynida meva va rezavorlar 86,6 ming tonna, mosh 26,2 ming tonna, yeryongʻoq va yongʻoqlar 9,2 ming tonna, tarvuz va qovun 0,2 ming tonna hamda boshqa mahsulotlar 127,6 ming tonna eksport qilingan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25,9 ming tonnaga yoki 5,6 foizga oshgan.