2026-yilning yanvar–mart oylarida Oʻzbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyotning yalpi qoʻshilgan qiymati 102,7 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, kuzatilmaydigan iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 22,9 foizni tashkil qilgan.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tarkibi quyidagicha:
Uy xoʻjaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati — 69,1 trln soʻm, YAIMdagi ulushi 15,4 foiz;
Yashirin iqtisodiyot — 33,6 trln soʻm, YAIMdagi ulushi 7,5 foiz.
Faoliyat turlari boʻyicha uy xoʻjaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati hamda yashirin iqtisodiyot hajmining tarkibida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 81,1 foiz, xizmatlar sohasi 24,5 foiz, qurilish 23,9 foiz, sanoat 6,7 foizni tashkil etgan.