Oʻzbekistonda uch oyda qariyb 109 ming dona avtomobil ishlab chiqarilgan

Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar mart oylarida turli rusumdagi 108 769 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi yillar kesimida quyidagicha taqsimlangan (maxsus yengil avtomobillarni qoʻshgan holda):

  • 2015-yil — 190,5 ming dona;

  • 2016-yil — 92,7 ming dona;

  • 2017-yil — 145,2 ming dona;

  • 2018-yil — 225,8 ming dona;

  • 2019-yil — 278,0 ming dona;

  • 2020-yil — 285,2 ming dona;

  • 2021-yil — 242,2 ming dona;

  • 2022-yil — 341,2 ming dona;

  • 2023-yil — 426,1 ming dona;

  • 2024-yil — 435,2 ming dona;

  • 2025-yil — 457,9 ming dona (dastlabki maʼlumot).

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi 457 883 donani tashkil etib, 2015-yilga nisbatan 267,4 ming donaga yoki 2,4 barobarga oshgan.