Avvalroq 2026-yilning yanvar aprel oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,3 milliard dollarni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
Statistika agentligi mamlakatning asosiy savdo hamkorlariga oid maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Yetakchi oʻrinni Xitoy egallab turibdi — 6,2 milliard dollar. Ikkinchi oʻrinda Rossiya joy oldi — 4,5 milliard dollar. Kuchli uchlikni Qozogʻiston yakunlab bermoqda — 1,8 milliard dollar.
Kuchli oʻnlikka (Top-10) yana kimlar kirdi:
Turkiya — 920,6 million dollar;
Afgʻoniston — 728,2 million dollar;
Janubiy Koreya — 638,3 million dollar;
BAA — 626,7 million dollar;
Fransiya — 618,1 million dollar;
Germaniya — 411,6 million dollar;
Hindiston — 406,4 million dollar.