“Oʻzgidromet” 9-12-may kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-10 va 12-mayda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 10-12-mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 10-mayda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 27-32 daraja; 10-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja; 11-mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 12-mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 9-mayda kechga tomon baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 10-mayda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 11-12-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12-mayda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 28-33 daraja; 10-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 11-12-mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 10-mayda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12-mayda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 35-40 daraja; 10-mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 11-12-mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 9-mayda yogʻingarchilik kutilmaydi. 10-mayda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 11-12-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12-mayda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi, 10-12-mayda kechasi 12-17 darajagacha, kunduzi 20-25 darajagacha pasayadi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-mayda 11-16 daraja boʻladi, 10-12-mayda 3-8 darajagacha pasayadi, kunduzi 20-25 darajadan 10-15 darajagacha oʻzgarib turadi.