Xitoy xorijiy sanksiyalarga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

25.03.2025 00:00 Dunyo 7

KMO_162543_61418_1_t246_143916

Xitoy bosh vaziri Li Syan xorijiy sanksiyalarga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni kuchga kiritish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Parlament xorij davlatlarining sanksiyalariga javob tarzidagi choralarga oid qonun loyihasini 2021 yilda ma’qullagan edi. Xitoy TIVga ko‘ra, ushbu qonun AQSh va boshqa G‘arb davlatlarining sanksiyalariga javobga aylanadi.

Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati davomida AQSh ma’muriyati Xitoy kompaniyalari va amaldorlariga qarshi bir necha bor sanksiyalar joriy etgandi. AQSh hukumati 2022 yilda Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin Rossiya bilan hamkorlik qilayotgan Xitoy kompaniyalariga nisbatan ikkilamchi sanksiyalarni ham faol qo‘llagan.