Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga yangi direktor tayinlandi

Abdulla Abdisalamovich Azizov Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:

Abdulla Abdisalamovich Azizov Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Asilbek Xudayarov Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etilgani hamda Prezident farmoni bilan uning oʻrnini Eldor Adilov egallagani maʼlum qilingan edi.

Shuningdek, bugun SSV rahbariyatida ham yangi tayinlovlar amalga oshirildi.