Joriy yilning 4-may kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzolari Toshkent davlat iqtisodiyoti universitetining iqtidorli talabalari, yosh tadqiqotchilari hamda professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Senatning faoliyati, uning konstitutsiyaviy vakolatlari, qonun ijodkorligi jarayoni, shuningdek nazorat-tahlil funksiyalari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, bunday muloqotlar yoshlarning parlament faoliyatiga qiziqishini oshirish, ularning siyosiy-huquqiy bilimini kengaytirish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv davomida talabalar oʻz fikr va takliflarini bildirib, qiziqtirgan savollariga senatorlardan atroflicha javob oldilar.