26-aprel kuni baʻzi hududlarda chang-toʻzonlar kuzatiladi

“Oʻzgidromet” 26-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 26-31° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 26-31°boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 26-31° boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° boʻladi.