Oʻzbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib kelmoqda

Joriy yilning 14-17-aprel kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet” agentligi.

Unga koʻra, 14-aprel kuni Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida, 15-17-aprelda respublikaning koʻpchilik viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Respublikaning baland togʻli hududlarida yomgʻir qorga aylanishi kutilmoqda. 15-17-aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin 13-16 darajagacha pasayadi.

Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha, ayrim joylarda baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayadi, 14-15-aprelda ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.