Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar fevral oylarida 3 964 nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 23,6 foizga kamaygan.
Mazkur davrda Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp borgan davlatlar:
• Rossiya – 989 nafar;
• Koreya – 679 nafar;
• Qirgʻiziston – 639 nafar;
• Turkiya – 300 nafar;
• Tojikiston – 276 nafar;
• Xitoy – 252 nafar;
• Boshqa davlatlar – 829 nafar.