Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti qisman toʻxtatiladi

Toshkent shahrining Yunusobod va Yangihayot tumanlarida gaz taʼminoti qisman toʻxtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.

Bugun (9-aprel) mutaxassislar rejalashtirilgan taʼmirlash ishlarini olib boradilar.

Shu munosabat bilan quyidagi joylarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

— Yunusobod tumanida, soat 10:00 dan 13:00 gacha: “Otchopar”, “Bobodehqon”, “Gulzor” va “Ibrohim ota” mahallalari;

— Yangihayot tumanida, soat 11:00 dan 14:00 gacha: “Binokor” mahallasi.