Oʻzbekiston yanvar oyida 3,8 mln dollarlik choy import qildi

2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga 14 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2 570 tonna choy import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Joriy yilning ilk oyida Oʻzbekistonga eng koʻp choy yetkazib bergan davlatlar roʻyxatida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Yanvar oyida ushbu mamlakatdan 2 122 tonna choy olib kelingan.

Shuningdek, Qozogʻistondan 123 tonna, Erondan 113,4 tonna, Keniyadan 97,6 tonna, Indoneziyadan 41,8 tonna hamda boshqa davlatlardan 72,3 tonna choy import qilingan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 421 tonnaga kamaygan.