Statistika agentligi avtomobil ishlab chiqarish hajmlarini e‘lon qildi

23.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekistonda yanvar—mart oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni ochiqlandi.

ravon-3

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024 yilning yanvar—mart oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:
  • Cobalt — 28 356 dona;
  • Damas — 18 996 dona;
  • Tracker — 12 025 dona;
  • Lacetti-Gentra — 8 811 dona;
  • Onix — 8 338 dona;
  • Kia — 4 980 dona;
  • Chery — 2 990 dona;
  • Haval — 205 dona;
  • Exeed — 38 dona;
  • Maxsus yengil avtomobillar — 6 317 dona.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar—fevral oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni quyidagicha edi:
  • Cobalt — 16 067 dona;
  • Damas — 11 752 dona;
  • Lacetti-Gentra — 7 361 dona;
  • Tracker — 6 541 dona;
  • Onix — 5 357 dona;
  • Kia — 4 112 dona;
  • Chery — 2 004 dona;
  • Haval — 135 dona;
  • Exeed — 38 dona;
  • Maxsus yengil avtomobillar — 3 448 dona.

2024-yilning dastlabli oyida 3 865 dona Damas ishlab chiqarilgan. 2023-yilning yanvarida bu ko‘rsatkich 3 287 donani tashkil etgan. 2024-yil yanvarida Damas’dan so‘ng eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘ldi — 3 369 dona.