Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlari sanalari belgilandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
7-aprel (1 kun):
- Kimyo;
8-aprel (1 kun)
- Biologiya;
9-10-aprel (2 kun):
- Tarix;
- Tarbiya;
- Davlat va huquq asoslari;
- Musiqa madaniyati;
11aprel (1 kun):
- Jismoniy tarbiya (Umumtaʼlim);
13-aprel (1 kun):
- Informatika va axborot texnologiyalari;
14-18-aprel (5 kun):
- Boshlangʻich taʼlim;
20-21-aprel (2 kun):
- Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun);
- Oʻzbek tili (Davlat tili);
22-aprel (1 kun):
- Rus tili (milliy maktablarda);
- Rus tili va adabiyoti;
- Tojik tili va adabiyoti;
- Turkman tili va adabiyoti;
- Qozoq tili va adabiyoti;
- Qirgʻiz tili va adabiyoti;
23-25-aprel (3 kun):
- Ingliz tili (Umumtaʼlim);
- Fransuz tili (Umumtaʼlim);
- Koreys tili;
- Nemis tili (Umumtaʼlim);
- Xitoy tili;
- Yapon tili;
27-28-aprel (2 kun):
- Matematika;
29-aprel (1 kun):
- Geografiya;
- Iqtisodiy bilim asoslari;
- Psixolog;
- Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʼlim);
- Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʼlim).
Mazkur fanlardan test sinovlari Toshkent viloyati pedagoglari uchun 5-may kuni boʻlib oʻtadi.
30-aprel (1 kun):
- Tasviriy sanʼat va chizmachilik;
- Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun);
- Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun);
- Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik;
- Mazkur fanlardan test sinovlari Toshkent shahri pedagoglari uchun 5-may kuni boʻlib oʻtadi.
1-2-may (2 kun);
- Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi;
- Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi;
- Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari);
- Rus tili (Maktabgacha);
- Fransuz tili (Maktabgacha);
- Ingliz tili (Maktabgacha);
- Musiqa xodimi (Musiqa rahbari);
- Nemis tili (Maktabgacha);
- Oʻqituvchi-defektolog (Maktabgacha);
- Oʻqituvchi-logoped (Maktabgacha);
- Jismoniy tarbiya (Maktabgacha);
4-may (1 kun):
- Fizika;
- Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari uchun pedagogik mahorat sinovlari;
- Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar;
5-6-may (2 kun):
- Qoraqalpoq tili (Davlat tili);
- Qoraqalpoq tili va adabiyoti.
Eslatib oʻtamiz, pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari soʻraladi. Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunday hollarda pedagoglar qoʻshimcha ravishda xabardor qilinadi.