2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Xitoyga 1 million dollardan ortiq qiymatdagi quvur gazini eksport qildi, deb xabar bermoqda TASS XXR Bosh bojxona boshqarmasi maʼlumotlariga tayanib.
Xitoyga “zangori yoqilgʻi” eksporti boʻyicha davlatlar quyidagi tartibda joylashgan:
Rossiya — 1,61 mlrd dollar;
Turkmaniston — 1,29 mlrd dollar;
Myanma — 267,57 mln dollar;
Qozogʻiston — 86,29 mln dollar;
Oʻzbekiston — 1,08 mln dollar.
XXR tomonidan xorijdan sotib olinayotgan quvur gazining jismoniy hajmi (kub metrlarda) keltirilmagan.
Eslatib oʻtamiz, 2025-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Xitoyga 773 million dollarlik quvur gazini eksport qilgan edi.