2026-yil yanvar-fevral oylarida 1 081 612 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning dastlabki ikki oyida oʻzbekistonliklar eng koʻp borgan davlatlar roʻyxatida Qirgʻiz Respublikasi yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatga 426 421nafar yurtdoshlarimiz safar qilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 179 390 nafar tashrif buyuruvchi bilan Tojikiston ikkinchi pogʻonada, 166 017 nafar sayyohlar borgan Qozogʻiston kuchli uchlikda qayd etilgan.
Shuningdek, Saudiya Arabistoniga 115 350 nafar, Rossiyaga 62 054 nafar, Turkiyaga 34 634 nafar, BAAga 26 449 nafar, Tailandga 10 946 nafar, Xitoyga 8 890 nafar, Misrga, 8 872 nafar Oʻzbekiston fuqarolari safar qilgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 49,3 ming nafarga oshgan.