O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimovning “Hainan Xintanbo Investment” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ma Szayshen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida Andijon viloyatida ko‘chmas mulk va infratuzilma obektlarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni izchil rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va ikki tomonlama loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Hainan Xintanbo Investment - 2013-yilda tashkil etilgan Xitoy Xalq Respublikasining Xaynan provinsiyasidagi investitsiya kompaniyasidir.
Faoliyatining asosiy yo‘nalishi ko‘chmas mulk va infratuzilmani rivojlantirish sohasiga keng ko‘lamli sarmoyalar kiritishdan iborat. Ish faoliyati davomida kompaniya yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda jiddiy ishtirokchi sifatida o‘zini namoyon etdi.