Toshkentda “aqlli bekatlar” oʻrnatila boshlanadi

Yoʻl harakatini tashkil etish markazi matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqin vaqt ichida Toshkent shahrida “aqlli bekatlar”ni oʻrnatish boshlanadi.

Maʼlumotlarga koʻra, har bir bekat markazlashtirilgan kuzatuv tizimiga ulangan ikkita videokamera bilan jihozlanadi.

Bundan tashqari favqulodda vaziyatlar uchun “SOS” tugmasi oʻrnatiladi, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus kutish joyi tashkil etiladi, avtobuslar harakat jadvalini koʻrsatuvchi elektron tablolar oʻrnatiladi, tezkor xaridlar uchun vending apparatlari qoʻyiladi.

    “Bu yangiliklar jamoat transportidan foydalanishni xavfsizlik, qulaylik va zamonaviylikning yangi bosqichiga olib chiqadi”, — deyiladi xabarda.