Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan “Park in Mall” oilaviy koʻngilochar savdo markazi yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 15-mart kuni soat 13:18 da Shayxontohur tumani, Botir Zokirov koʻchasida joylashgan “Park in Mall” oilaviy koʻngilochar savdo markazi 3-qavatida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:19 da yetib borib, soat 13:28 da yongʻinni bartaraf qilgan. Bildirilishicha, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq.
Maʼlum boʻlishicha, aytilgan manzilda “Park in Mall” oilaviy koʻngilochar savdo majmuasining 3-qavati 25 kv.m maydoni yonib zararlangan. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.