Toshkent shahrida avtobus yoʻlaklari maxsus toʻsiqlar bilan himoya qilinadi. Bu haqda Yoʻl harakatini tashkil etish markazi (YHTM) matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Toshkent shahrida jamoat transporti ishini yaxshilash maqsadida ajratilgan yoʻlaklarni (“A”) deliniatorlar yordamida ajratish rejalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, ushbu yangilik avtobuslar uchun ajratilgan yoʻlaklarni aniq belgilash, begona transport vositalarining bu yoʻlakka kirishining oldini olish va jamoat transporti harakatini tezlashtirishga xizmat qiladi.
YHTM ushbu tizim qaysi koʻchalarda joriy etilishi haqidagi maʼlumotni keyinroq eʼlon qilishga vaʼda bergan.