Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik koʻchasida avtotransport vositalarining harakati qisman tiklandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan:
Temur Malik koʻchasi boʻylab Sultoniya koʻchasi tomondan harakatlanganda, Mirzo Ulugʻbek koʻchasiga qarama-qarshi boʻlak orqali chiqish mumkin (tezlik — 30 km/soatgacha);
Mirzo Ulugʻbek koʻchasi tomondan Temur Malik koʻchasi orqali Sultoniya koʻchasi yoʻnalishida harakatlanish mumkin (tezlik — 30 km/soatgacha).
Haydovchilardan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilish soʻralgan.