Joriy yilning 10-mart kuni Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida talabalar Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Senat aʼzolari, jumladan Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzolari bilan muloqot qildi. Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlar, shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, davlat boshqaruvi va parlament faoliyatiga oid masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir davomida talabalar Senat faoliyati, uning qonunchilik jarayonidagi oʻrni hamda parlament tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi.