2026-yilning yanvar oyida 6 890 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Tashrif buyuruvchilar safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich sayohat yoʻnalishida boʻlib, 6 478 nafar kishi Tailandga shu maqsadda borgan.
Shuningdek, qarindoshlarni yoʻqlash uchun 406 nafar, oʻqish uchun 4 nafar hamda xizmat yuzasidan 2 nafar oʻzbekistonliklar Tailandga safar qilgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 6 foizga oshgan.