Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan OTMlar roʻyxati eʼlon qilindi

Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026-yil uchun tasdiqlangan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu roʻyxat 2026-yil uchun eʼlon qilingan boʻlib, har yili yangilanib turadi. Maʼlumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari Oʻzbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi.