Samarqanddagi xonadonda 2,2 milliard soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi

Samarqand shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “mayning ferma” fosh etildi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.

Unga koʻra, fuqaro N.S. ga qarashli xonadonda 5 ta mayning qurilmasini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.

Elektr taʼminoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, mazkur qonunbuzilish holati natijasida 2 milliard 295 million soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan.