Toshkent shahri Sergeli tumanida yoʻlovchi tashuvchi avtobusda yongʻin yuz berdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 18-fevral kuni soat 12:02 da Sergeli tumani Yangi Sergeli koʻchasida avtobus yonayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBB xabar kelib tushgan.
Qutqaruv boʻlinmalari aytilgan manzilga soat 12:07 da yetib borib, ikki daqiqa ichida yongʻinni toʻliq bartaraf qilgan. Hodisa oqibatida 4-avtosaroyga qarashli avtobus yonib zararlangani aniqlandi.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq.