Hukumatning 2026-yil 11-fevraldagi 51-son qaroriga asosan xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikum xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tartibi tasdiqlandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlumot berdi.
Mazkur qarorga koʻra:
- 100 foizlik ustama: xalqaro dasturlarga jalb qilingan direktor, bosh buxgalter, oʻqituvchi va ustalarga har oylik majburiy ustama beriladi;
- Ragʻbatlantirish jamgʻarmasi: Mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida maxsus jamgʻarma tashkil etiladi;
- Natijaga qarab mukofot: yuqori reyting balli toʻplagan pedagoglar bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.
Ragʻbatlantirish mezonlari:
- Oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi va xalqaro tanlovlardagi gʻolibligi;
- Chet tilini bilish (kamida B2 sertifikati);
- Xalqaro ilmiy bazalardagi (Scopus, Web of Science) maqolalar;
- Dunyoning TOP-1000 taligiga kiruvchi OTM diplomiga egalik.
Shuningdek, xalqaro dasturlar boʻyicha boʻlim boshligʻi va mutaxassislarning ish haqi miqdorlari maktab direktori oʻrinbosari hamda toifali oʻqituvchilarning bazaviy stavkalariga tenglashtirilgan.