Poytaxtda fuqaro qariyb 450 million soʻmlik gaz oʻgʻirladi

Poytaxtda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Toshkent shahrida Gaz taʼminoti filiali mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi xodimlari tomonidan reyd tadbirlari oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, Mirobod tumani, Lokomotiv koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro U. J. tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib olgan holda, noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur qonunbuzilish holati oqibatida 449 million 107 ming soʻm zarar aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.