Qariyb 40 ming nafar xorijliklar oʻqish uchun Oʻzbekistonni tanladi

Oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan xorijliklar soni boʻyicha Hindiston yetakchilik qilmoqda.

2025-yilda jami 39,7 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan xorijliklar soni boʻyicha Hindiston yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatdan 17 241 nafar yoshlar taʼlim olish uchun Oʻzbekistonni tanlagan.

Undan keyingi oʻrinlarda 9 349 nafar talaba bilan Turkmaniston ikkinchi, 2 904 nafar yoshlar bilan Tojikiston uchinchi pogʻonada qayd etilgan.

Bundan tashqari, Pokistondan 1 779 nafar, Xitoydan 1 428 nafar, Janubiy Koreyadan 917 nafar, Qirgʻiz Respublikasidan 912 nafar, Misrdan 893 nafar, Filippindan 745 nafar, AQSHdan 482 nafar hamda boshqa davlatlardan 3 011 nafar talaba yoshlar taʼlim olish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 58,2 foizga oshgan.