Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chimyon hududida qor koʻchkisi yuz berdi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-yanvar kuni soat taxminan 06:00-11:00 lar oraligʻida Boʻstonliq tumani Chimyon hududida kuchli yogʻingarchilik oqibatida taxminiy hajmi 300 kub metr boʻlgan 1 ta qor koʻchkisi sodir boʻlgan.
“Hududda ob-havo sharoiti yomonligi sababli maʼlumotlar belgilangan muddatdan kech taqdim etilmoqda”, deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, mazkur holat natijasida talafot va jabrlanganlar yoʻq. Ayni paytda “Oʻzgidromet” mutaxassislari tomonidan hududda ob-havo oʻzgarishlari doimiy ravishda monitoring qilinmoqda.