Qoʻlida hunari yoʻq, ishsiz xotin – qizlarning Lola Isayevani soʻroqlab kelishi ortidan 15 kishining bandligi taʼminlandi. Vaholanki, Shofirkon tumanidagi “Bobohaydar” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qilayotgan nogironligi boʻlgan bu yurtdoshimiz uch yil muqaddam ehtiyojmand oila bekasi sifatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan edi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
-Lola opaga subsidiya asosida bitta tikuv mashinasi olib berilgan edi,- deydi tuman hokimining mahalladagi yordamchisi Jasurbek Shukurov.- Natijada uning oʻziga boʻlgan ishonchi ortdi. Ishtiyoq bilan ishlab, buyurtma asosida koʻrpa – toʻshak, yostiq, dasturxon, beshik yopinchigʻi kabi roʻzgʻorga kerakli buyumlarni tayyorlashga kirishdi.Mijozlari koʻpaya bordi.