“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida Sariosiyo tumanidagi Afrosiyob va Mirzo Ulugʻbek mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron va keksa fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy koʻriklar oʻtkazildi.
Tadbirda endokrinolog, kardiolog, ginekolog, stomatolog, onkolog, nevropatolog, dermatolog, xirurg, travmatolog, pediatr va terapevtlar ishtirok etib, jami 405 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Natijada 217 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlandi. Ularning 13 nafari viloyat tibbiyot markaziga, 39 nafari tuman tibbiyot birlashmasiga statsionar davolanishga, 165 nafari esa ambulator davolanishga yoʻnaltirildi.
Shuningdek, mahallalarda sayyor tibbiy koʻriklar tashkil etilib, aholining salomatligini oʻz vaqtida aniqlash va davolash choralarini koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.