Ijtimoiy tarmoqlarda 4 ta avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani toʻgʻrisida videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, kecha, 25-yanvar kuni soat 10:40 larda Olmazor tumani Ahmad Donish koʻchasida “Malibu-1”, “Nexia-3”, “Onix” hamda “Damas” rusumli transport vositalari toʻqnashuvi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Ushbu yoʻl transport hodisasi oqibatida “Nexia-3” avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yoʻlovchilariga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JK 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.