O‘zbekistonliklar 2025-yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga borgan?

Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,4 mln nafarga yoki 22,2 % ga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 7,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika Qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,4 mln nafarga yoki 22,2 % ga oshgan.

2025-yilda O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:

Qirg‘iz Respublikasi — 3,3 mln nafar;

Qozog‘iston — 1,3 mln nafar;

Tojikiston — 1,3 mln nafar;

Rossiya — 433,3 ming nafar;

Saudiya Arabistoni — 366,2 ming nafar;

Turkiya — 268,9 ming nafar;

BAA — 139,4 ming nafar;

Misr — 65,4 ming nafar;

Xitoy — 52,6 ming nafar;

Vetnam — 39,1 ming nafar.