Senatda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Suhbat chog‘ida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

17.01.2026 18:30 O'zbekiston 1641 ipaknews.uz

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Dastur gender tenglik va reproduktiv salomatlikni taʼminlash, demografik masalalar bo‘yicha O‘zbekiston siyosati va amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llab-quvvatlashni, parlament va tegishli davlat tuzilmalari bilan hamkorlikni nazarda tutаdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar samarali hamkorlikka hamda avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lida birgalikda harakat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.