Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “X.D.D.” MCHJ dorixonasi farmasevti G.X. fuqaro O.A.ga “Omeprazol” dori vositasini shifokor reseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida dorixona mudirining moddiy javobgarligida bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan bemorlarga resept asosida berish uchun qabul qilib olingan 10 turdagi jami 2 846 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining kamomadi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 271-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.