Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–9-son qarori qabul qilindi.
Farmonga koʻra, barcha vazirlik va idoralarda:
• 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha boʻyicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar roʻyxati shakllantiriladi;
• har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali oʻzbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lugʻat va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;
• 2026-yil 1-aprelga qadar oʻzida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob oʻqish soati” yoʻlga qoʻyiladi;
• kitobxonlik boʻyicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;
• tanlov asosida eng koʻp kitob oʻqigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.
Shuningdek, eng koʻp kitob oʻqigan top-100 talikka kiradigan oʻquvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.