Oʻzbekistonda qariyb 475 mingta korxona faoliyat yuritmoqda

Shundan 85 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

13.01.2026 14:00 O'zbekiston 1997 ipaknews.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 474,9 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Shundan 403,8 mingtasi yoki 85 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha TOP-5 hudud:

Toshkent shahri – 108 678 ta;

Toshkent viloyati – 46 479 ta;

Samarqand viloyati – 41 091 ta;

Farg‘ona viloyati – 37 846 ta;

Qashqadaryo viloyati – 30 424 ta.