Dam olish kunlari nisbatan iliq ob-havo kuzatiladi

Kechasi va ertalab ham harorat koʻtarila boshlaydi

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
10.01.2026 09:57 O'zbekiston 1810 ipaknews.uz

Dam olish kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

Prognozlarga koʻra, bugun, 9-yanvar kuni hududning katta qismida kunduzi havo 8-11 daraja iliqqacha koʻtarilsa, 10-11-yanvar, shanba va yakshanba kunlari 12-15 daraja iliqqacha isiydi. Kechasi va ertalab ham harorat koʻtarila boshlaydi, yakshanba kuniga kelib harorat 0-3 daraja iliqqacha koʻtariladi.

Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 9-yanvar kuni kunduzi 9-11 daraja iliq boʻladi. Shanba va yakshanba kunlari asta-sekin kechalari 1-3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-15 daraja iliqqacha koʻtariladi.