Mediatorlarning kasb etikasi qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Mediatorlarning kasb etikasi qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi

06.01.2026 16:00 O'zbekiston 1581 ipaknews.uz

Adliya vazirligi Mediatorlarning kasb etikasi qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanaliga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Unga koʻra, mediatorlar:

  • kasb etikasi qoidalariga rioya qilishi, mediatorlik faoliyatini halol va vijdonan bajarishi, mediatorlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini saqlashi;
  • oʻz faoliyatini maxfiylik, ixtiyoriylik, mediatsiya taraflarining hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorlarning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshirishi;
  • mediatsiya taraflarining mediatsiya jarayonida teng imkoniyatlarga ega boʻlishini taʼminlashi lozim.

Shuningdek, mediatorlar mediatsiya taraflari bilan munosabatlarda:

  • taraflarga mediatsiyaning maqsadi va ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
  • mediatsiyani oʻtkazish tartibi haqida maʼlumot berishi;
  • taraflarga kasbiy malakasi va ish tajribasi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot berishi;
  • taraflarga nisbatan hurmat va xushmuomalalik koʻrsatishi;
  • taraflarni nizoni hal qilishning maqbul variantlarini izlashga undashi;
  • muzokaralar natijasini bir tarafning foydasiga koʻzlab ish olib bormasligi lozim.