Oʻzbekistonga oʻqish uchun kelgan xorijiy fuqarolar soni 37 mingdan oshdi

11 oyda Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan

06.01.2026 14:05 O'zbekiston 1762 ipaknews.uz

2025-yilning yanvar noyabr oylarida jami 37,2 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

11 oyda Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Hindiston — 16,3 ming nafar;
  • Turkmaniston — 8,9 ming nafar;
  • Tojikiston — 2,7 ming nafar;
  • Pokiston — 1,7 ming nafar;
  • Xitoy — 1,4 ming nafar;
  • Janubiy Koreya — 870 nafar;
  • Qirgʻiz Respublikasi — 823 nafar;
  • Misr — 737 nafar;
  • Filippin — 501 nafar;
  • AQSH — 464 nafar;
  • Turkiya — 357 nafar;
  • Afgʻoniston — 291 nafar;
  • Iordaniya — 194 nafar;
  • Buyuk Britaniya — 179 nafar;
  • Rossiya — 164 nafar;
  • JAR — 155 nafar;
  • Eron — 115 nafar;
  • Qozogʻiston — 113 nafar;
  • Bangladesh — 97 nafar;
  • Italiya — 94 nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 54,3 foizga oshgan.