Qarshi shahrida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Ekologiya va sogʻlom turmush tarzi oiladan boshlanadi” shiori ostida ayollar ekoforumi boʻlib oʻtdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Forumda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 250 nafardan ortiq ekofaol xotin-qizlar, Oʻzbekiston Ekologik partiyasining “Yosh ekologlar” qanoti va “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi aʼzolari, shuningdek, viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Forum “Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostidagi piyoda yurish marafoni bilan boshlandi. Shundan soʻng ishtirokchilar Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida oʻtkazilgan koʻchat ekish aksiyasida qatnashdilar.
Tadbir yakunida mehmonlar viloyatdagi diqqatga sazovor tarixiy maskanlar bilan tanishdilar.